
Terma jamoalar ishtirokidagi ushbu turnir o'rniga yangisi tashkil etilib, unda klublar ishtirok etishi mumkin. Ilgariroq FIFA prezidenti Janni Infantino Konfederatsiyalar kubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatini yaxlit bir musobaqaga aylantirilishi haqida aytib o'tgan edi.
Yangi turnir Qitalararo kubok deb nomlanib, unda 16 yoki 24 ta jamoa ishtirok etadi. Bular Yevropa chempionlar ligasi, Libertadores kubogi, Yevropa ligasi, shuningdek, Osiyo, Afrika, Markaziy va Shimoliy Amerikaning klublar miqyosidagi turnirlarining so'nggi ikki yildagi g'oliblaridir.
Shu bois 2017 yili o'tkaziladigan Konfederatsiyalar kubogi ushbu musobaqa tarixidagi so'nggi turnirga aylanishi mumkin.