Rossiya terma jamoasi Misr bilan qanday rangli formada o'ynaydi?

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2018
Rossiya terma jamoasi Misrga qarshi JCH-2018 guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida qanday rangli libosda o'ynashi ma'lum bo'ldi.

Rossiya terma jamoasi rasmiy "tvitteri" bergan ma'lumotga ko'ra, turnir mezbonlari qizil libosda, darvozabon esa yashil formada o'ynaydi.

Bahs ertaga, 19 iyun kuni "Sankt-Peterburg" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.

Uchrashuv bosh hakami Enrike Kaseres. Unga qanotlarda Eduardo Kardoso va Xuan Sorrilya (hammasi Paragvaydan) yordam beradi, to'rtinchi referi Junayt Chaqir (Turkiya).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/TeamRussia