Rossiya - Paragvay o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

Omonjon To`xtamirzayev
23 mar 2024
Krasnogorskdagi "Krokus Siti Xoll" koncert zalidagi terakt sababli Rossiya va Paragvay termalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi.

Bahs Moskva shahrida dushanba, 25 mart kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgandi.

Rossiya futbol ittifoqi va Paragvay futbol associyasi o'zaro kelishgan holda shunday qarorga kelishgan. Tomonlar uchrashuv keyinroq, hozircha noma'lum, boshqa sanada o'tkazilishi bo'yicha kelishib olishgan.

Bellashuvga chipta sotib olgan muxlislarga pullari to'liq qaytarib beriladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia