Rossiya Kubogi. Ikkinchi finalchining nomi ham ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
19 iyul 2020, 22:55
Musobaqa yarim finali doirasida o'tgan navbatdagi bahs o'z nihoyasiga etdi.

“Zenit” Artyom Dzyubaning penaltidan yo'llagan aniq zarbasi va Daler Kuzyaev goli evaziga “Spartak”ni 2:1 hisobida taslim etdi. Raqiblardan javob to'pini Aleksandr Sobolev urdi.

Shu tariqa, Kubok finalida “Zenit” “Ximki” bilan o'ynaydi. Mazkur bahs 25 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Zenit – Spartak 2:1 (2:1, 0:0)

Gazprom Arena

Gollar: 1:0 – 24, penalti Dzyuba, 1:1 – 45 Sobolev, 2:1 – 45 Kuzyaev.

Zenit – Kerjakov, Rakickiy, Ivanovich, Karavaev (Osorio, 77), Jirkov, Kuzyaev (Sutormin, 90), Barrios, Malkom, Duglas Santos (Ozdoev, 62), Azmun (Driussi, 90), Dzyuba.

Spartak – Maksimenko, Maslov, Djikiya, Ayrton, Jigo, Umyarov (Til, 70), Bakaev, Kral, Gaponov (Rasskazov, 53), Sobolev, Larsson (Mirzov, 87).

Ogohlantirishlar: Duglas Santos (2), Barrios (17), Gaponov (24), Rakickiy (27), Sobolev (39), Ayrton (74), Djikiya (81), Kuzyaev (81), Ozdoev (89), Jigo (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal