Rossiya futbol ittifoqi O'zbekistonda tug'ilgan futbolchini mahalliylashtirmoqchi

Aslanov Jasurbek
13 sen 2018, 16:55
Rossiya futbol ittifoqi Germaniya chempionatida to'p tepadigan futbolchini mahalliylashtirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, gap "Gannover" himoyachisi Anton Valdemar haqida ketmoqda.

22 yoshli futbolchi O'zbekistonda, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida dunyoga kelgan. Anton 2015/16 mavsumda "Gannover" safida debyut qilgan va ayni damda Bundesligadagi eng yosh jamoa sardori hisoblanadi.

U uch yil ichida "Gannover" safida 73ta o'yin o'tkazib, 4ta gol urdi va 3ta golli pas berdi. Valdemar hozirgacha Germaniya yoshlar terma jamoasi safida 7ta o'yin o'tkazgan.

"Gannover" himoyachisi Anton Valdemar: "O'zbekistonda tug'ilganman" (intervyu)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Bild