Rossiya chempioni 2017/18 mavsumda avvalgisidan 1 mln. dollar foyda ko'radi

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2017, 21:15
Rossiya chempionatining 2017/18 mavsumdagi chempioni avvalgisidan 1 mln. dollar ko'proq daromad topadi.

Bu haqda Rossiya Premer-ligasi prezidenti Sergey Pryadkin ma'lum qildi.

"Spartak" so'nggi mavsumdagi chempionlik uchun 5 mln. dollar ishlab olgan edi.

"Spartak" 5 mln. dollar ishlab oldi. Kelasi mavsum mukofot puli kattaroq bo'ladi. Liga bir kompaniya bilan moliyaviy jihatdan yaxshi bo'lgan shartnoma imzoladi.

Chempion avvalgi mavsumdan million dollar ko'proq daromad topadi" - deydi Pryadkin.

"Spartak" 2001 yildan so'ng ilk marotaba Rossiya chempioniga aylandi. RFPLning yangi mavsum 15 iyuldan boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС