Rossiya chempionati. “Krasnodar” ikkinchi g'alabasiga erishdi

Aziz Tukhtamuradov
13 avg 2018, 23:01
Rossiya Premer-ligasining 3-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv o'z yakuniga etdi.

Unda “Ufa” jamoasi o'z muxlislari ko'z o'ngida “Krasnodar” klubiga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Yagona gol 86-daqiqada Vanderson tomonidan kiritildi. Bu “Ufa”ning ilk mag'lubiyati edi. “Krasnodar” esa ikkinchi g'alabasiga erishdi. 

E'tiborlisi, krasnodarliklar ketma-ket uchta uchrashuvni mehmonda o'tkazishdi. Nihoyat, 4-turga kelib "Krasnodar" o'z muxlislari ko'z o'ngida o'ynaydi va "Spartak" klubini qabul qiladi. 

Rossiya chempionati. 3-tur

Ufa – Krasnodar 0:1 (0:0, 0:1)

“Neftyanik” stadioni.  7 016 tomoshabin

Gol: 0:1 – 86 Vanderson.

Ufa – Belenov, Pucko (Fatai, 88), Nedelcharu, Alikin, Karp, Vanek (Zaseev, 74), Paurevich, Suxov, Oblyakov (Krotov, 68), Yokich, Igboun.

Krasnodar – Kricyuk, Spayich, Martinovich, Ramires, Stockiy, Pereyra (Vanderson, 46), Kabore, Mamaev (Jigulev, 75), Gazinskiy, Klasson, Ignatev (Ari, 69).

Ogohlantirishlar: Karp (29), Ramires (35), Vanek (37).

Chetlatish: Ramires (90+3).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif