Rossi jarohat tufayli 6 oy maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
10 apr 2017, 16:46
"Selta" hujumchisi Juzeppe Rossi LaLigada mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

Futbolchi "Eybar"ga qarshi 31-tur uchrashuvida jarohat oldi. Shikastlanish tufayli 36-daqiqada maydonni tark etgan edi.

Tekshiruv natijasida 30 yoshli forvardda jiddiy jarohat aniqlandi.

Juzeppe Rossi tez orada operaciya qilinadi. Futbolchining davolanishi uchun 6 oygacha vaqt kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com