Ronalduning onasi: "Abort qildirmoqchi bo'lganman, ammo yaratgan uning tug'ilishini istadi"

Aslanov Jasurbek
4 noya 2015, 15:18
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru o'g'lining dunyoga kelishini istamagan ekan.

"Uni dunyoga keltirishni istamagan edim, ammo u menga katta xursandchilik ulashdi. Abort qilmoqchi bo'lganman, ammo yaratgan buni istamadi" - deydi Aveyru.

Bu so'zlar 9 noyabr kuni "Uembli"da premerasi o'tishi kutilayotgan Krishtianu Ronaldu haqidagi hujjatli filmdan olingan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS