Ronalduning diskvalifikaciyasi o'z kuchida qoldi

Aslanov Jasurbek
22 avg 2017, 23:40
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu diskvalifikaciyasini to'liq o'taydi

Ispaniya sport arbitraj sudi Ispaniya futbol federatsiyasi appelyaciya qo'mitasi singari  madridliklarning apellyaciyasini qanoatlantirmadi.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli hujumchi Ispaniya superkbogi birinchi uchrashuvi doirasida “Barselona”ga qarshi kechgan bahsda ikkinchi bor ogohlantirilib, maydondan chetlatishi paytida bosh hakam Rikardo Bengoecheani turtib yuborgandi.

Portugaliyalik futbolchi Superkubokning javob uchrashuvi va Primeroning 1-turida “Deportivo”ga qarshi maydonga tushmadi.

Undan tashqari Ronaldu “Valensiya”, “Levante” va “Real Sosedad”ga qarshi o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As