

Ronaldu yangi bosh murabbiyi ten Xag bilan bir necha marotaba gaplashdi va murabbiyning "Old Trafford"ga hujumkor futbolni qaytarish tarafdori ekanligidan xursand. Biroq, klubning transfer bozoridagi passivlik Ronalduga maqul kelmayapti.
Uning asablari dosh bermayapti. Ronalduning fikricha, MYU tarkibni kuchaytirish bo'yicha faollikni oshirishi lozim. Aks holda, u o'ziga yangi jamoa qidiradi.
Ronaldu 2021 yilning avgustida MYUga kelib qo'shilgandi. Uning shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.



