Ronaldudan yana bir rekord - bu safar terma jamoalar miqyosida

Omonjon To`xtamirzayev
20 iyun 2018, 19:25
Portugaliya termasi sardori Krishtianu Ronaldu Yevropa mintaqasi terma jamoalari tarkibida eng ko'p gol kiritgan futbolchiga aylandi.

JCH-2018 ikkinchi tur doirasida Marokashga qarshi maydonga tushgan portugaliyalik futbolchi navbatdagi golini kiritdi va musobaqa to'purarlari poygasida yakka peshqadam bo'lib oldi. Shu tariqa, Krishtianu milliy terma jamoa safidagi 85 golni kiritdi va Ferenca Pushkashdan o'tib ketdi. Endi Ronaldu Yevropa mintaqasi milliy terma jamoalari goleadorlari ichida eng yaxshi natijaga ega. Undan oldinda faqatgina Eron termasi afsonaviy futbolchisi Ali Dayi qoldi (uning hisobida 109 ta gol mavjud).

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ESPNFC