Ronaldudan navbatdagi Jahon rekordi!

Narzulla Saydullayev
18 okt 2017, 08:50
Krishtianu Ronaldu bir yil davomida xalqaro maydonda gol urish borasida Jahon rekordini o'rnatdi.

U 2017 yil boshlanganidan buyon klub va terma jamoa safida xalqaro maydonda 26ta gol urdi (15ta "Real Madrid" safida YCHLda, 11ta gol Portugaliya safida). Oldingi rekord Messiga tegishli edi. Argentinalik futbolchi 2012 yilda 25ta gol urgandi. Krishtianuning o'zi ham 2013 yilda shuncha gol urgandi.

2017 yilda Krishtianu o'z rekordini yangilashi uchun yana 7ta o'yin bor (3ta YCHL, 2ta klublar o'rtasidagi JCH, 2ta terma jamoa o'yini).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitugal