Ronaldu "Yuventus"ga 6 nafar futbolchini sotib olishni maslahat berdi

Aslanov Jasurbek
24 apr 2019, 14:22
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyati bilan yozgi transfer oynasidagi rejalarni muhokama qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, suhbat davomida portugaliyalik jamoani kuchaytirishi mumkin bo'lgan 6 futbolchi nomini aytdi.

Ronaldu ro'yxatida Joau Felish ("Benfika"), Rafael Varan ("Real"), Isko ("Real"), Kostas Manolas ("Roma"), Tangay N'Dombele ("Lion") kabi futbolchilar bor edi.

Krishtianu bu o'yinchilarni jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan muhokama qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror