Ronaldu "Yuve"da 2022 yilgacha qoladi. U tarkibni kuchaytirishni so'raydi (La Gazzetta dello Sport)

Omonjon To`xtamirzayev
25 mar 2021, 18:23
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu katta ehtimol bilan mavsum oxirida jamoasini alishtirmaydi.

Portugaliyalik 2022 yil yozgacha davom etuvchi shartnoma muddati oxirigacha Turinda qolmoqchi, deb "La Gazzetta dello Sport"ga tayanib xabar bermoqda "Marca".

Shunday bo'lsada, 36 yoshli futbolchi bazi shartlarini klub rahbariyatiga ma'lum qiladi. Ronaldu "Yuventus" tarkibi yanada kuchliroq, raqobatbardosh bo'lishini, yani yangi transferlar amalga oshirilishini talab qilmoqchi.

Avvalroq bir necha bor Ronaldu "Real"ga qaytishi borasida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru