Ronaldu yana bir rekord o'rnatdi

Mirjalol Normatov
17 apr 2022
"Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronaldu "Norvich"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi.

Portugaliyalik forvard yoshi 36 va undan katta bo'lgan futbolchilar orasida APLda bir mavsumda 15+ gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Bu natijaga erishish uchun unga 26 o'yin kerak bo'ldi.

Undan tashqari, Ronaldu 37 yosh 70 kunligida xet-trik rasmiylashtirib, bu natijani qayd etgan eng yoshi katta futbolchilardan biriga aylandi. Hozirda bu boradagi eng yaxshi natija Teddi Sheringemga tegishli - 37 yosh 146 kun.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal