Ronaldu va Messi yana bir jabhada hammadan ustun + FOTO

Tolibjon Qosimov
24 okt 2017, 20:04
Kecha tunda Angliya poytaxti Londonda "The Best FIFA Football Awards 2017" taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Professional futbolchilar assotsiatsiyasi xalqaro federatsiyasi (FIFPro) talqiniga ko'ra ramziy terma jamoa quyidagicha ko'rinish oldi:

Darvozabon: Janluiji Buffon (Yuventus).

Himoyachilar: Dani Alves (Yuventus/PSJ), Leonardo Bonuchchi (Yuventus/Milan), Serxio Ramos va Marselo (ikkisi – Real).

Yarim himoyachilar: Luka Modrich, Toni Kroos (ikkisi – Real) va Andres Inesta (Barselona).

Hujumchilar: Neymar (Barselona/PSJ), Lionel Messi (Barselona), Krishtianu Ronaldu (Real).



Shu tariqa, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi yil ramziysidan 11 marotabadan o'rin olishdi. Bu borada ular hammadan oldindalar.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball