Ronaldu umumiy guruhda mashq qilishdan chetlatildi. U endi alohida shug'ullanadi

Administrator
20 okt 2022, 23:34
Futbolchining biroz avval "Chelsi"ga qarshi o'yinda qatnashmasligi ma'lum bo'lgandi.

The Athletic nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning umumiy guruhdagi mashg'ulotlaridan chetlatildi. Endi Ronaldu alohida o'zi mashq qiladi. Bunga sabab, "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda Ronalduning o'yin tugamasidan maydonni tark etgani bo'ldi.  Xabar qilinishicha, Ronalduning o'zi "Tottenxem"ga qarshi o'yinning oxirlarida zaxiradan maydonga tushishni istamagan.

Avvalroq, klub rasman Ronaldu "Chelsi"ga qarshi o'yinda MYU qaydnomasiga kiritilmasligini e'lon qilgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic