Ronaldu Transfermarkt'dan xafa bo'ldi va uning Instagram akkauntini blokladi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2022
Transfer portali 33 yosh va undan katta toifadagi futbolchilarning bahosi ko'rsatilgan reytingni tuzib chiqdi.

Krishtianu Ronaldu ularning orasida eng qimmat futbolchi edi, lekin u baribir bu narxni juda past deb hisobladi. Ronaldu to'g'ridan-to'g'ri portalga yozdi va noroziligini bildirdi. Xodimlar Krishga narx qanday shakllantirilishin tushuntirib berishdi va u bu ro'yxatdagi eng qimmati ekanligini takidlashdi.

Bu portugaliyalikka yoqmadi. U javob sifatida bir nechta smayliklarni yuborib, Transfermarkt'ning akkauntini blokladi. 

Ma'lumot uchun, Krishtianuning portaldagi hozirgi narxi – 35 mln evro.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic