Ronaldu top ligalarda 400-g'alabasini qo'lga kiritdi. Uni Messi va Buffon taqib qilmoqda

14 dek 2020, 00:34
"Yuventus" A Seriyaning 11-turida "Jenoa"ni mag'lub qildi (3:1).

Turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun bu g'alaba top-5 ligalardagi 400-si bo'ldi. Portugaliyalik yulduz 2000 yillarda bu natijaga erishgan birinchi futbolchi hisoblanadi. 

Keyingi o'rinlarni "Barselona" forvardi Lionel Messi (365) hamda "Yuve" darvozaboni Janluiji Buffon (350) egallab turibdi.

Ronaldu so'nggi 2 o'yinda 4 ta gol urdi – barchasi penaltidan 

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports