Ronaldu ten Xag bilan muzokaralar o'tkazish uchun MYU qarorgohiga yetib keldi

Sherzod Nurmatov
26 iyul 2022, 19:05
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning Angliya klubidagi kelajagiga bugunoq oydinlik kiritilishi mumkin.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, hujumchi jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan muzokara o'tkazish uchun kelgan.

Qolaversa, portugaliyalik jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" portugaliyalik uchun takliflarni tinglamoqchi, u yozda sotilishi mumkin.

"The Athletic" nashrining yozishicha, "Manchester Yunayted" qarorgohiga jamoa sobiq ustozi Aleks Fergyuson ham tashrif buyurgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports