Ronaldu tarixda birinchi bo'lib bu ishni qildi

Aslanov Jasurbek
28 may 2024
Krishtianu Ronaldu "Al Nassr" safida Saudiya Arabistoni chempionatining to'purariga aylandi.

Yakunlangan chempionatda u 31ta bahsda maydonga tushib, 35ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Ronaldu faoliyati davomida APL ("Manchester Yunayted" bilan), LaLiga ("Real Madrid") va A Seriyada ("Yuventus") eng yaxshi to'purar sovrinini qo'lga kiritgan. Portugaliyalik to'rtta turli ligada to'purar bo'lgan futbol tarixidagi birinchi futbolchiga aylandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia