Ronaldu "Sporting"dan xafami? Futbolchi har qanday holatda ham Portugaliyaga qaytmasligini aytdi

Omonjon To`xtamirzayev
21 yanv 2024, 18:55
"Al Nassr" va Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi va professional futbolchilik faoliyatini boshlagan klubga qaytmoqchi emasligini ma'lum qildi.

"Bu yerda, Saudiya Arabistonida, o'zimni baxtli his qilyapman. Menga yaxshi munosabatda bo'lishmoqda, ko'pchilik tanqid qilayotgani va ishonmayotganiga qaramay, liga ulkan salohiyatga ega va o'sishda davom etmoqda. Portugaliya chempionatiga qaytishdan mano yo'q. Bir necha kundan keyin men 39 yoshni qarshi olaman va yana bir yilni "Al Nassr"da o'tkazaman. Yoshim qirqqa etagnida vaziyatga yana bir baho beramiz. Agar barchasi joyida bo'lsa va o'zimga ishonsam, 41 balki 42 yoshgacha to'p teparman, aniq bilmayman. Biroq Portugaliyaga, "Sporting"ga qaytish haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. 

Ta'kidlab o'tamiz, Ronaldu Saudiya Arabistoniga yo'l olishidan avval, Yevropa Chempionlar Ligasida o'ynaydigan jamoaga o'tmoqchi bo'lgan va qadrdon klubi "Sporting"ga agentlari orqali o'z xizmatlarini taklif qilgandi. Biroq jamoa bosh murabbiyiga bunday variant maqul kelmagan va Portugaliya klubi bu taklifni rad etgandi.

Avvalroq, Krishtianu Ronaldu "Oltin to'p" va FIFA The Best"ning haqqoniyligiga ortiq ishonmasligini ma'lum qilgandi.  

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: record.pt