Ronaldu "Selta" futbolchilariga, "Barselona" ularga mukofot puli vada qilgani haqida ishora qildi

Aslanov Jasurbek
19 may 2017, 12:52
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Selta"ga qarshi LaLiganing ko'chirilgan 21-tur bahsida raqib futbolchilari bilan janjallashib qoldi.

Mehmonda o'ynagan "Qirollik klubi" 4:1 hisobida g'alabaga erishdi. Portugaliyalik futbolchi dubl muallifiga aylandi. Ronaldu vaziyatlardan birida maydon mezbonlari himoyachisi Gustavo Kabralga shunday dedi: "Ko'o'o'p pul, chemodan". Bu bilan Ronaldu, "Barselona" "Selta"ga "Real"dan ochko olishga yordam bersa, mukofot pulini olishini nazarda tutdi.

LaLiga turnir jadvali bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gol TV