Ronaldu sabab "Barselona" futbolchisi "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Alisher
6 fev 2020, 11:56
Turinning "Yuventus" klubi "Barselona" himoyachisi Nelson Semeduni xarid qilmoqchi.

Qayd etish kerakki, 26 yoshli portugaliyalik futbolchining "Yuventus"ga o'tishida Krishtianu Ronaldu katta rol oynashi aytilmoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, kataloniyaliklar texnik direktori Erik Abidal Semeduning faoliyatini davom ettirishi uchun variantlar qidirayotgani ma'lum bo'lgan edi.

Semedu joriy mavsum barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assistga erishgan. Uning klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Don Balon