Ronaldu: "Ramazon paytida biz 22:00da ham mashg'ulot o'tkazdik"

Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2023
Krishtianu Ronaldu Ramazon oyida soat 22:00da mashg'ulot o'tkazish o'zi uchun g'ayritabiiy holat bo'lgani haqida gapirdi.

-Saudiya Arabistoniga kelganingizdan so'ng eng qiyin holat qaysi bo'ldi? 

-Qiyinchiliklar doim bo'ladi, Yevropa futbolida ham. Yevropada mashg'ulotlar asosan ertalab bo'ladi, bu erda esa tushdan keyin, Ramazon oyida hatto tunda ham. 

Ramazon oyi boshlanganida biz 22:00da ham mashg'ulot o'tkazdik, bu men uchun juda g'alati bo'ldi. Ammo bu men uchun yangicha tajriba, xotira va umuman yangicha holat. Menga bunday yashash yoqadi, ahir biz yangicha madaniyat o'rganamiz", - dedi Ronaldu. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Record