Ronaldu Portugaliyada "Yil futbolchisi" deb topildi

Alisher
3 sen 2019
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliyada "Yil futbolchisi" deb topildi.

Bu 34 yoshli futbolchi uchun faoliyatidagi 10-si bo'ldi.

Futbolchi so'rovning finalida "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva hamda "Atletiko" hujumchisi Joau Feliksdan o'zib ketdi.

Ronaldu 2018/19 yilgi mavsum "Yuve" bilan Italiya chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa, terma jamoa bilan Millatlar Ligasida zafar quchdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/selecaoportugal