Ronaldu Portugaliyada 5 ta o'yindan beri gol ura olmayapti

Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2022, 07:19
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi golsiz seriyasini davom ettirdi.

Futbolchi Millatlar ligasi musobaqasi doirasida Ispaniya bilan o'yinning 62-daqiqasida maydonga tushdi. Lekin, gol ura olmadi. 

So'nggi marta Ronaldu terma jamoa safida 12 oktyabr kuni gol urgan. O'shanda u JCH-2022 saralashi doirasida Lyuksemburg bilan o'tkazilgan o'yinda (5:0) xet-trik qayd etgandi. O'shandan keyin beshta o'yindirki, u gol ura olmayapti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta