

24 mart kuni portugaliyaliklar pley-off yarim finalida Turkiya bilan kuch sinashishadi. Agar g'alaba qozonishsa, Italiya yoki Shimoliy Makedoniya bilan to'qnash kelishadi.
"Bor e'tiborimizni 2022 yilgi jahon chempionatiga qaratganmiz. Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilayotganimdan g'ururlanaman.
Biz yo'l oson bo'lmasligini bilamiz. Raqiblarimizni juda hurmat qilamiz. Ularning maqsadi bizniki bilan bir xil. Portugaliya o'zining munosib o'rnini egallashi uchun birgalikda kurashamiz. Keling, buni amalga oshiraylik!", – deb yozdi Ronaldu Twitter'da.


