Ronaldu Portugaliya safida yirik turnirlarda jarima zarbasidan atigi bitta to'p kiritgan

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2021, 01:17
Forvard terma jamoa safida Yevropa va Jahon chempionatlarida 51 marta jarima to'pi tepgan.



Portugaliyalik  hujumchi Krishtianu Ronaldu Evro-2020 doirasida Belgiyaga qarshi o'yinning 25-daqiqasida jarima zarbasini amalga oshirdi. Kuchli zarbadan so'ng to'pni darvozabon Tibo Kurtua bartaraf etdi.

Ronaldu Portugaliya jamoasi tarkibida Yevropa va Jahon chempionatlarida 51 marta jarima zarbasini amalga oshirgan hamda atigi bitta gol urgan.

"Yuventus"da uning 71 jarima zarbidasidan 48 tasi jonli devordan nariga o'tmagan.

Ronaldu Italiya klubida jarima zarbasidan yagona golini 2020 yilning iyul oyida A Seriya doirasida "Torino"ga qarshi bahsda (4:1) kiritgan.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru