Ronaldu MYUga qaytish borasida Aleks Fergyuson bilan maslahatlashgan

Aslanov Jasurbek
28 avg 2021, 01:35
Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" klubiga qaytdi.

Krishtianu Ronalduning MYUga qaytish tafsilotlari ma'lum bo'ldi.

Gap shundaki, MYU Ronalduga taklif yuborishiga aynan  Ser Aleks Fergyuson sababchi bo'lgan. 27 avgust kuni ertalab, Krishtianu Ronaldu va Aleks Fergyuson o'zaro telefonda suhbatlashishgan.

Ronalduning "Siti"ga o'tishi haqidagi xabarlar fonida Aleks Fergyuson Krishtianuga qo'ng'iroq qilgan. O'sha vaqtda "Siti" Ronalduga qiziqayotgan yagona klub edi. Ser Aleks Ronalduga qo'ng'iroq qilganidan keyin, MYU ishga kirishgan va futbolchiga taklif yuborgan.

The Athletic nashrining ma'lumotlariga ko'ra, ushbu transfyerda katta rolni aynan Ser Aleks Fergyuson o'ynadi. Ronalduning agenti Jorj Mendesh bilan yaxshi aloqalari ham Aleks Fergyusonga bu ishni ijobiy hal qilishda yordam bergan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic