Ronaldu muxlislar talqiniga ko'ra "Yuventus"ning dekabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi

Alisher
17 yanv 2020, 17:40
Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

34 yoshli portugaliyalik o'yinchi o'tgan oyda 6ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.

Ronaldu 14ta gol bilan "Yuventus"ning A Seriyadagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu 2018 yildan buyon "Yuventus" sharafini himoya qilmoqda.

Hujumchi Portugaliya terma jamoasida 2003 yildan beri o'ynab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: juventus.com