

Futbol muxlislari haqiqatan ham Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'rtasidagi uchrashuvdan umidvor edi. Biroq portugaliyalik va argentinalikning yo'llari kesishmaydi.
Saudiya OAVning yozishicha, Ronaldu chorshanba kuni jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmagan. 38 yoshli futbolchi jarohatidan to'liq forig' bo'lgani yo'q va "Inter Mayami"ga qarshi o'ynamaydi.
Bazi ma'lumotlarga ko'ra, "Al Nassr" klub Ronalduning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymasligi haqidagi ma'lumotni allaqachon tasdiqlagan.


