Ronaldu "Manchester Yunayted" uchun yubiley o'yinini o'tkazdi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2021, 19:48
Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" safidagi 300-uchrashuvida maydonga tushdi.

Yulduz futbolchining yubiley uchrashuvi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan "Atalanta"ga qarshi uchrashuvda (3:2) ro'y berdi.

Portugaliyalik 300 uchrashuvda 124 ta gol urdi va 69 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ronaldu MYUda 2003 yildan 2009 yilgacha o'ynagan. U "Real Madrid" va "Yuventus"da 12 mavsum o'tkazganidan so'ng shu yilning avgustida jamoaga qaytdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com