Ronaldu jahon va Yevropa chempionatida gol urish bo'yicha rekord o'rnatdi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2021, 09:58
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Fransiyaga qarshi o'yinda dubl qayd etdi (2:2).

Bu orqali uning jahon va Yevropa chempionatlarida urgan gollari soni 21 taga etdi. Ushbu gollardan 14 tasini u Yevropa chempionatlarida kiritgan. 

U Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Miroslav Klozening rekordini yangiladi. Germaniyalik sobiq futbolchi jahon chempionatida 16 ta, Yevropa chempionatida esa 3 ta gol urgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta