

Krishtianu yaqinda bergan intervyusida u rekordlarni emas, balki rekordlar uni quvib yurishini takidlagan edi. Bu bir necha bor o'z isbotini topgan. Kuni kecha ushbu gap yana bir bor o'zini oqladi. U maydondan tashqarida yana bir rekordni qayd etdi. Ronaldu Instagram'da obunachilari soni 500 milliontaga etgan birinchi insonga aylandi. Ushbu natija kecha yakshanba oqshomida qayd etildi.

Ushbu ijtimoiy tarmoqda obunachilari soni bo'yicha mashhurlar orasida Lionel Messi 375 mln "follover" bilan ikkinchi pog'onada ketmoqda.
O'tgan yili portugaliyalik hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda jami 500 mln obunachiga ega bo'lgan edi.



