Ronaldu ikkita kumiri borligini aytdi va hazillashib, ularning ikkisidan ham ko'proq sovrin yutganini ta'kidladi

Sherzod Nurmatov
15 yanv 2022, 19:38
Nihoyat, Krishtianu Ronaldu ESPN Brasil ga bergan intervyusida futboldagi kumirlarini oshkor qildi.

“Men taqqoslashni yoqtirmayman. Aytishim mumkinki, bu ikkisi (Ronaldo Nazario va Ronaldinyo) o'z merosini qoldirib, tarix yaratdi. Men ulardan ko'ra ko'proq shaxsiy unvonlarni qo'lga kiritdim, lekin ular jahon chempionligiga erishishgan.

Men ularga o'xshashga harakat qilaman, chunki o'yinlarini ko'rib katta bo'ldim. Kim eng yaxshi va kim ikkinchi ekanligini aytish esa unchalik muhim emas.

Ular afsona va futbolda go'zal tarix yozishdi", – dedi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN Brasil