

39 yoshli portugaliyalik hujumchi "Real" sardori Nacho va "Manchester Yunayted" xavbeki Kazemiro bilan muzokaralar olib bormoqda.
Krishtianu klubning transferlarida ta’sirga ega, shu sabab atrofini sifatli o'yinchilar bilan to'ldirmoqchi. Kazemiro va Nacho u uchun "Al Nassr"ni kelasi mavsum kuchaytiradigan ilk maqsadlardir.
Ronaldu va uning jamoasi Saudiya Arabistoni chempionatida "Al Hilol"dan so'ng ikkinchi o'rinni oldi. "Al Nassr" Qirol kubogida ham raqibiga engildi.



