Ronaldu hakamni haqoratlagani uchun diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Narzulla Saydullayev
28 okt 2013, 15:08
Ispaniya chempionati tartib intizom qo'mitasi "Barselona" - "Real" uchrashuvida bosh hakam Undiano Malenkoni haqorat qilgan Krishtianu Ronalduni jazolashi mumkin.
"Barsa"ning ikkinchi golidan so'ng portugaliyalik futbolchi hakamni "yaramas qo'rqoq" deb haqorat qildi. Sababi Malenko Ronaldu yiqilgan vaziyatda mezbonlar darvozasiga penalti belgilamagandi.

Endi Ronaldu diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru