Ronaldu, Figu va Eysebio - Portugaliya tarixidagi eng yaxshi futbolchi uchun nomzodlar

Narzulla Saydullayev
10 dek 2014, 09:28
Portugaliya futbol Federatsiyasi oxirgi 100 yillikda mamlakatning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so'rovnoma ishga tushirdi.
Yakuniy uchlikdan 1965 yilgi Oltin to'p sohibi marhum Eysebio, 2000 yilgi Oltin to'p sohibi Luish Figu hamda 2008, 2013 yillardagi Oltin to'p sohibi Krishtianu Ronaldu joy olishdi.

14 yanvar kuni bo'lib o'tadigan tadbirda 1922-1968 yillarning eng yaxshi 11 futbolchisi, 1969-2014 yillarning eng yaxshi 11 futbolchisi, Portugaliya tarixidagi 11 futbolchi, asrning eng yaxshi futbolchi ayoli, erkaklar va ayollar o'rtasidagi eng yaxshi mini-futbolchilar, plyaj futbolidagi eng yaxshi o'yinchi kabi nominaciyalarda g'oliblar aniqlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru