Ronaldu faoliyatini yakunlaganidan keyin nima qilishni istayotganini aytdi

Khoja
5 noya 2025, 10:15
“Al Nassr” sardori Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlagach, farzandlari, xususan, 15 yoshli kichik Krishtianu bilan ko'proq vaqt o'tkazishni xohlashini aytdi.

Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin farzandlarim, ayniqsa kichik Krishtianu bilan ko'proq vaqt o'tkazmoqchiman. U odamlar ahmoqona ishlarni qiladigan yoshga etdi va bu normal holat. Men ham xuddi shunday qildim. Men uning yonida bo'lishni xohlayman.

Ma'lumot uchun, Kichik Krishtianu "Al Nassr" futbol akademiyasida faoliyat olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com