Ronaldu faoliyatidagi eng muhim sovrinni esladi

27 dek 2019, 01:58
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoasi bilan qo'lga kiritgan qita chempionligini yodga oldi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan Evro-2016da chempion bo'lgani, musobaqa finalida mezbon Fransiya terma jamoasi mag'lub etilganidan xabardorsiz.

"Bu butun faoliyatim davomidagi eng muhim titul hisoblanadi. Musobaqa davomida kuldim, yig'ladim, jamoani shug'ullantirishda Santushga ko'maklashdim, keyin g'alaba oqshomida butunlay sarmast bo'ldim. Bu ajoyib kun edi", - deydi Krishtianu DAZN Italy nashriga.

O'xshash yangiliklar


Manba: DAZN Italy