Ronaldu 100-marta penaltidan gol urdi

Omonjon To`xtamirzayev
28 yanv 2018, 20:43
Portugaliyalik futbolchi o'n bir metrlik nuqtadan urgan gollari soni 100 taga etdi.

Ispaniya chempionati navbatdagi tur uchrashuvida Madridning "Real" klubi safarda "Valensiya"ga qarshi bahs olib bordi.

O'yin "qaymoqranglilar"ning 4:1 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi. 

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu qatorasiga ikkinchi uchrashuvda dubl qayd etdi. E'tiborlisi, "ko'rshapalaklar" darvozasiga urgan gollarining har ikkisini futbolchi penaltidan kiritdi. 

Takidlash lozim, ikkinchi gol Krishtianu Ronalduning professional faoliyatida penaltidan urilgan yubiley 100-gol bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia