Ronaldu - Yevropaning top-5 ligalarida 400ta gol urgan birinchi futbolchi

Aslanov Jasurbek
20 okt 2018, 22:54
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Jenoa"ga qarshi A Seriyaning 9-tur uchrashuvida gol urdi.

Bu 33 yoshli futbolchi uchun top-5 chempionatlardagi 400-gol bo'ldi: "Manchester Yunayted" safida 84ta gol, "Real" tarkibida 311ta gol, "Yuventus"da 5ta gol. Ronaldu bu natijaga erishgan birinchi futbolchiga aylandi.

Ikkinchi o'rinda "Barselona" forvardi Lionel Messi ketmoqda (388ta gol). Keyinga o'rinlarni Jimmi Grivz (366), Gerd Myuller (365), Stiv Blumer (317), Diksi Din (310) egallab turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru