Ronaldu Yevropaning ko'p maosh to'lanadigan mashhurlari orasida ikkinchi

Tolibjon Qosimov
21 okt 2017, 19:39
"Forbes" jurnali 2017 yil yakunlariga ko'ra Yevropaning eng ko'p maosh to'lanadigan mashhurlari ro'yxatini e'lon qildi.

Portugaliya terma jamoasi va "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu yil 93 million dollar ishladi va reytingda ikkinchi pog'onani egalladi. U faqatgina Garri Potter haqidagi kitoblar seriyasini yozgan Joan Roulingdan ortda qoldi (95 million dollar).

Ronaldu britaniyalik pop-rok guruh "Coldplay" (88 mln), qo'shiqchi Adel (69 mln), tennischi Rojer Federer (64 mln) va musiqachi Elton Jon (60 mln)larni ortda qoldirdi.

Dunyo reytingida Ronaldu beshinchi o'rinni egalladi. Jahonda Roulingdan tashqari, rep ijrochisi Shon Kombsu (130 mln), qo'shiqchi Beyons (105 mln) va yana bir reper Dreyk (94 mln)lardan ortda qoldi.

Ronaldu eng ko'p pul topuvchi sportchilar orasida birinchi bo'ldi. U basketbolchi Lebron Jeyms (86,2 mln) va futbolchi Lionel Messi (80 mln)lardan oldinda.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com