Ronaldu dietologi: "Krishtianu kelgach, "Al Nasr"ning boshqa a'zolari ham mashg'ulotlarga zo'r beryapti"

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2023, 17:11
Saudiya Arabistoni chempoinati 17-turi doirasidagi "Al Nasr" - "Al Taavun" bahsini Krishtianu Ronaldu asosiy tarkibda boshlaydi.

Ispaniyalik dietolog Xose Blesa bir oyda bir marta Saudiya Arabistoniga uchib boryapti. Ushbu tashrifdan maqsad "Al Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan ko'rishib, maslahatlar berish. Mutaxassis portugaliyalikning yangi klubdoshlariga ta’siri haqida gapirib o'tdi:

Krishtianu menga juda yordam beradi. Chunki endilikda unga ko'p narsani o'rgatishim shart emas. U haqiqiy "maktab" yarata oldi va boshqa futbolchilar ham undan o'rganib, o'z sport formalarini yaxshilash uchun mehnat qilishmoqda. Ronaldu jamoaga kelgach, qolganlar ham ko'proq mashq qila boshlagan va dietaga alohida e'tibor qaratmoqda. Oldin men hech ham futbolchilari har safar ular bilan ko'rishganimda tanasi holatini 90% yaxshilab boradigan klubni ko'rmaganman. Ularning tanasidagi yog'lar kamayib, mushaklar ortmoqda va ular ham Ronalduning mashqlarini bajarishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia