Ronaldu CHL qur'asiga taqib kelgan taqinchoqlarning narxini bilasizmi?

Aslanov Jasurbek
31 avg 2024, 17:56
Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi qur'a marosimiga juda qimmat taqinchoqlar bilan keldi.

"Al Nassr"ning 39 yoshli hujumchisi 29 avgust kuni Monakoda o'tkazilgan Chempionlar ligasi qur'a marosimida qatnashdi.

Portugaliyalik Chempionlar ligasining barcha davrlardagi to'purari sovrinini qabul qilib oldi.

Ronaldu marosimga bir nechta qimmatbaho taqinchoqlar bilan keldi. Uning qo'lidagi Franck Muller Cintree Tourbilon soati 2,2 mln. funt turadi. Pidjakidagi 33 karatli brilliantga ega taqinchoqning narxi 3,8 mln. funt.

Uning qulog'idagi Messika So Move Pave ziragi 6,5 ming funt turadi.

Shunday qilib, Krishtianu Ronaldu marosimga 7 mln. evrolik taqinchoqlar bilan keldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun