Ronaldu butun boshli "Frozinone" jamoasi futbolchilaridan ko'proq maosh oladi

16 fev 2019, 00:23
"Yuventus" - "Frozinone" uchrashuviga aloqador yana bir qiziqarli ma'lumotni taqdim etamiz.

Xabaringiz bor, sanoqli daqiqalardan so'ng A Seriyada yetakchilik qilayotgan "Yuventus" o'z maydonida "Frozinone" klubini qabul qiladi. Ronaldu asosiy tarkibda va u butun boshli "Frozinone" jamoasi futbolchilaridan deyarli 3 barobar ko'p yillik maosh oladi. 

Ishonmaysizmi? Marhamat, quyidagi suratga razm soling.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum "Frozinone" jamoasi A Seriyada 17 marta gol urdi. Krishtianu Ronalduning hisobida gollar soni - 18 ta.   

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/IFTVofficial