Ronaldu birinchi, Messi ikki, Kavani uchinchi

Narzulla Saydullayev
31 dek 2016, 09:01
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) dunyoning eng yaxshi to'purarlarini e'lon qildi.

Futbolchilarning klublari va terma jamoalari safidagi xalqaro musobaqalarda urgan gollari hisobga olingan. Milliy chempionat va ichki kubokdagi gollar inobatga olinmagan.

Bu borada Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu 24ta gol bilan uchinchi marta eng yaxshi to'purar bo'ldi. 2013 va 2014 yillarda ham portugaliyalik futbolchi to'purar bo'lgandi. .

1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya – 13 gol, Real – 11 gol) – 24 gol
2. Lionel Messi (Argentina 8, Barselona – 13) – 21
3. Edinson Kavani (Urugvay – 9 gol, PSJ – 7 gol) – 16
4. Hammadi Ahmad (Iroq – 0, Al-Quva Al-Javiya – 16) – 16
5. Robert Levandovski (Polsha – 8, Bavariya – 7) – 15
6. Antuan Grizmann (Fransiya – 8, Atletiko – 6) – 14
7. Adriano de Souza (Braziliya – 0, Seul – 13) – 13
8. Gabriel Jezus (Braziliya – 8, Palmeyras – 4) – 12
9. Jonatan Bolingi (DR Kongo – 6, Mazembe – 6) – 12
10. Aric Aduris (Ispaniya - 2, Atletik – 10) – 12


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: IFFHS.de