Ronaldu barcha davrlarning eng yaxshi to'purari sifatida Globe Soccer Awards mukofotini qo'lga kiritdi

Alisher
27 dek 2024, 22:38
Krishtianu Ronaldu to'purarlik yutuqlari uchun mukofot oldi.

39 yoshli hujumchi barcha davrlarning eng yaxshi to'purari sifatida Globe Soccer Awards mukofotiga ega chiqdi.

Portugaliyalik 2024 yilda faoliyatidagi 900-gol dovonidan o'tdi. Hozirda uning hisobida 916ta gol bor: klublar safida 781ta, terma jamoasi tarkibida 135ta.

Ronaldu faoliyati davomida "Sporting", "Manchester Yunayted", "Real" va "Yuventus"da o'ynagan. U hozirda "Al Nassr" sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia